AQShda 31 yoshli ayolni qo‘l va oyoqlaridan mahrum qilgan jinoyatchining sudi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 16:01 / 11.12.2016 13481

Amerikaning Kanzas shtati sudi do‘kon o‘g‘risini 30 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. U o‘g‘rilikdan tashqari, voqea sodir bo‘lgan joydagi ayolga o‘ta og‘ir jarohatlar yetkazgan - ayolning qo‘li va oyog‘i amputatsiya qilingan. ABC News nashri shu haqida xabar berdi

Voqea 2015 yilning avgustida Kanzas shtatidagi Derbi shahrida ro‘y bergan. Afroamerikalik Jyeyms Maykl Filips AT&T telekommunikatsion kompaniyasi do‘koni va servis markaziga o‘g‘rilikka tushgan. Hujum amalga oshirilgan payt 27 yoshli Filips do‘konga telefonini tuzatish uchun kirgan Juliya Domboga qarata o‘q uzgan. Buning natijasida shifokorlar 31 yoshli ayolning ikki qo‘li va oyoqlarini amputatsiya qilishlariga to‘g‘ri kelgan. 

Jinoyatchi qo‘lga olingan va to‘qqiz ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan. Oktyabr oyida u ayblovlarning barcha bandi bo‘yicha aybdor deb topilgan. 

Sud zalida hukm o‘qilishidan avval Dombo otilgan o‘qlar uning hayotini butkul o‘zgartirib yuborganligini aytdi. "Bu shunday azobki, atigi bir necha soniya mening hayotimni o‘zgartirib yubordi. Istagan kishi ertalab Kanzasdagi telefon ta'mirlash do‘koniga kirib borishi va o‘zini xavfsizlikda deb o‘ylashi mumkin. Filips menga orqadagi xonaga kirishni buyurdi, men qo‘rqib ketdim va "yo‘q" dedim, birgina aytgan so‘zim shu... Tirik qolganimdan xursandman, biroq bu qanday hayot bo‘ldi", - dedi jabrlanuvchi kaftsiz qo‘llarini ko‘rsatib. 

Manbaga ko‘ra, ayol 114 kun davomida shifoxonada bo‘lgan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun qo‘llari va oyoqlarini amputatsiya qilishga majbur bo‘lishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: