So‘rov: O‘zbekistonning Yangi bosh vaziri kim bo‘ladi?

O‘zbekiston 18:36 / 08.12.2016 116076

13 yildan buyon O‘zbekiston hukumatini boshqarib kelgan Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 4 dekabridagi Prezident saylovida 88,61 foiz ovoz to‘plab g‘olib chiqdi. Yangi saylangan prezidentning inauguratsiya marosimi yangi yilgacha bo‘lib o‘tishi aytilgan.

Ayni vaqtda O‘zbekiston aholisi hukumatga yangi bosh vazir kelishini kutmoqda.

Tafsilot.uz saytining eslatishicha, Bosh vazir lavozimi O‘zbekistonda 1992 yil 4 yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatilishi ortidan tashkil etilgan edi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 98-moddasiga ko‘ra Bosh vazir:

— Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;

— Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;

— xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi;

— O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

O‘zbekistonning navbatdagi bosh vaziri ham Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili bo‘ladi.

2014 yil 21 dekabrda o‘tkazilgan parlament saylovi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi eng ko‘p − 52ta deputatlik o‘rniga ega bo‘lib, Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan bosh vazir nomzodini ilgari surish huquqini qo‘lga kiritgan, partiya Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgan va u ko‘p o‘tmay prezident tomonidan lavozimga qayta tasdiqlangandi.

Kun.uz sayti ayni vaqtdagi dolzarb masalaga o‘quvchilari e'tiborini tortib, bu borada so‘rovnoma tashkil qildi. Quyidagi so‘rovnomada sayt o‘quvchilari keltirilgan ehtimoliy nomzodlar orasidan o‘z tanlovlarini amalga oshirishi va jamoatchilik fikrini ifodalashda hissa qo‘shishlari mumkin.

- Komilov Abdulaziz Hafizovich — Tashqi ishlar vaziri 

- Azimov Rustam Sodiqovich — Moliya vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari

- Oripov Abdulla Nig‘matovich — Bosh vazir o‘rinbosari 

- Zokirov Botir Erkinovich – Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi, Bosh vazir o‘rinbosari

-  Rozuqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich — «O‘zavtosanoat» AK boshqaruvi raisi, Bosh vazir o‘rinbosari

- Ikromov Adham Ilhomovich — Bosh vazir o‘rinbosari

- Ibrohimov G‘ulomjon Inomovich — Bosh vazir o‘rinbosari

- Boshqa nomzod

Ovoz bering

Ko‘proq yangiliklar: