Estoniyaning sobiq prezidenti Stenford universitetida dars beradi

Jahon 14:31 / 06.12.2016 2107

Estoniyaning sobiq prezidenti Toomas Xendrik Ilves kelasi yil yanvar oyidan boshlab AQShning Stenford universitetida taklif qilingan ustoz sifatida faoliyat yuritadi, deb yozmoqda Postimees gazetasi.

"Ilves bilan shartnoma kamida bir yarim yilga imzolangan. Bundan tashqari, u raqamli jamiyat faoliyatiga doir kitob yozishni ham rejalashtirmoqda", — deyiladi xabarda. 

Toomas Xendrik Ilves shu yilning 9 oktabr oyida ikki marta besh yildan mamlakatga rahbarlik qilganidan so‘ng, o‘z vakolatlarini topshirgan edi. U ilk marotaba 2006 yilda prezidentlikka saylangan, 2011 yilda ikkinchi marotaba estoniyaliklar ishonchiga sazovor bo‘lgandi. 

Stenford universiteti dunyoning eng obro‘li va yetakchi ilm dargohlaridan biri hisoblanadi. U San-Frantsiskodan 60 km janubdagi Palo-Alto shahrida joylashgan.  

 

Ko‘proq yangiliklar: