Karachidagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in insonlar umriga zomin bo‘ldi

Jahon 10:11 / 05.12.2016 5449

Pokistonning Sind viloyati Karachi shahridagi mehmonxonalardan birida sodir bo‘lgan yong‘in 11 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. 30 kishi kuyish jarohatlari olgani xabar qilinmoqda. Bu haqda "Doon" gazetasi yozmoqda.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa erta tongda "Rijyent plaza" mehmonxonasida yuz bergan. Yong‘in oshxonada paydo bo‘lgan hamda tezlik bilan 6 qavat bo‘ylab tarqalgan. Bunda mehmonxona mijozlarining chiqish yo‘llari to‘silib qolgan. 

Zudlik bilan fojia joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni 3 soatdan keyin o‘chirishning uddasidan chiqishgan. Shu bilan birga, qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanmagani xabar qilinmoqda.

Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. 
 

Ko‘proq yangiliklar: