Lavash YuNeSKOning nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritildi

Jamiyat 16:23 / 02.12.2016 5916

Turkiya YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga eng ko‘p o‘z obektlarini kiritishga muvaffaq bo‘lgan TOP-10 mamlakatlar qatoridan joy oldi. Bu haqida Turkiya madaniyat va turizm vazirligi xabariga asoslanib, Anadolu agentligi ma'lum qildi. 

Kuni kecha Addis-Abebada nomoddiy madaniy meroslar muhofazasi bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mitaning har yili o‘tkaziladigan 11-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda lavash va yufqa (yupqa lavash) YuNeSKO nomoddiy madaniy merosning ro‘yxatiga kiritildi. 

Ozarboyjon, Turkiya, Eron, Qozog‘iston va Qirg‘iziston mamlakatlari tashabbusi bilan "Lavash, qotirma, jupqa va yufqa nonlarini tayyorlash madaniyati" hujjati tayyorlandi, yig‘ilish ishtirokchilari uni ko‘zdan kechirishdi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: