Porsche yiliga 20 mingtadan elektrokar sotmoqchi

Fan-texnika 00:13 / 30.11.2016 3285

Porsche kompaniyasi Mission E modelidagi elektrokardan yiliga 20 mingtadan sotmoqchi, deb ma'lum qildi Automobilwoche nashri nemis markasi rahbari Oliver Blyumega iqtibos keltirgan holda. Taqqoslash uchun, "Tesla" kompaniyasi 2015 yilda mijozlariga 50 mingtaga yaqin elektrokar sotgan, 2016 yil yakunlariga ko‘ra u bu ko‘rsatkichdan o‘tmoqchi. 

Porsche Mission E’ning kontseptual varianti 2015 yilda Frankfurt avtosalonida namoyish qilingan. 4 o‘rindiqli avtomobil umumiy quvvati 600 ot kuchiga ega ikkita elektromotor, to‘liq privodli tizim va to‘liq boshqariluvchi shassi bilan jihozlangan. Litiy-ionli batareyalar to‘plami mashinaga qayta quvvatlanishsiz 500 km yurishga imkon beradi. Mission E 100 km/soatgacha tezlashishi uchun 3,5 soniya, 200 km/soatgacha tezlashishi uchun esa 12 soniya talab etiladi.

Kompaniya Mission E’ning seriyali versiyasini yaratish uchun 700 mln yevro ajratdi. Shuningdek elektrokarlar uchun universal tezkor quvvatlash stansiyalari tarmog‘i yaratiladi, undan Porsche va boshqa brendlar avtomobillari foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 

Mission E modeli 2020 yilga kelib ishlab chiqarila boshlanadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: