Qozog‘istonlik olimlar saratonga qarshi dori o‘ylab topishdi

Jamiyat 12:41 / 28.11.2016 13418

Qozog‘istonlik olimlar saratonga qarshi dori vositasi sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan innovatsion preparatni o‘ylab topishdi. Qozog‘iston radiologiya va onkologiya institutida ushbu dori vositasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqida islamtoday nashrida xabar berildi. 

Dori vositasi sinovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi va sichqonlarda o‘z samarasini ko‘rsatdi. Endi uni ko‘ngillilarda sinash yo‘lga qo‘yiladi. Agar sinov natijalari ijobiy bo‘lsa, saratonga yo‘liqqan bemorlarda, nihoyat, bu dahshatli kasallikdan forig‘ bo‘lishga umid paydo bo‘ladi. 

Shuni ta'kidlash joizki, Rossiyada ham innovatsion dori vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 
 

Ko‘proq yangiliklar: