Kun fotosi: Yangi Porsche’ning pachoq qilinishiga sabab bo‘lgan kulgili vaj

Jamiyat 21:01 / 23.11.2016 23790

O‘tgan hafta Olive ismli fransuz yigit tunggi klubga borish uchun narxi 150 000 yevro turadigan Porsche avtomobilini ijaraga oldi. Shundan so‘ng u klub yonida mashina qo‘yishga joy topa olmadi va shu sabab uni taksilar uchun mo‘ljallangan joyda qoldirdi. 

Yigit klubdan chiqib, uyiga ketdi. Taxminlarga ko‘ra u yoki ijaraga olgan mashinasini unutib qoldirgan yoki mastligi sabab rulga o‘tirmagan. Shu sabab qaytishda taksi xizmatidan foydalandi.

Ijarada qoldirilgan mashina politsiya diqqatini o‘ziga tortdi. Chunki ayni damda Parijda favqulodda holat rejimi joriy etilgan bo‘lib, odamlar to‘planadigan joyda qoldirilgan avtomobil minalashtirilgan bo‘lishi mumkin deb o‘ylashdi.

Jandarm xizmatidagilar ijaraga berish xizmati orqali avtomobilni kim olganligini aniqladi va yigitga qo‘ng‘iroq qilishdi. Olive, o‘z navbatida, mashinani olib ketishini aytdi, ammo va'dasining ustidan chiqmadi. Kun yarmida sapyorlar guruhi avtomobil yukxonasini portlatishdi.

Le Parisien nashrining ma'lum qilishicha, Olive Parij jandarmeriyasi bilan sudlashishga qaror qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: