Tibbiy nou-xau: Dori dozalarini chiqaradigan kapsula

Jamiyat 18:55 / 22.11.2016 5932

Kasal bo‘lish hech kimga yoqmaydi, biroq bu hodisa yuz bersa, chora-tadbirlar majmui va yozilgan dorilarni qat'iy iste'mol qilish tezroq tuzalishga imkon yaratadi. Biroq bizga ma'lumki, ayrim dorilarni ko‘rsatilgan vaqt davomiyligi bo‘yicha ichish kerak bo‘ladi. Bu holatda esa turli ijtimoiy sharoitlar tufayli (masalan, tunda yoki ishda uzoq davom etuvchi majlis vaqtida) o‘z vaqtida icha olmay qolamiz.

Bundan tashqari, ayrim darmon vositalarini bir necha davomida kichik dozalarda kasallanishdan avval yoki ichish ancha samaraliroq ta'sir qiladi.

Sharoitni hisobga olgan holda, Massachuset texnologiya instituti va Brigxem ayollar shifoxonasi tadqiqotchilari yangi kapsula turini o‘ylab topishdi. U bor-yo‘g‘i bir marotaba iste'mol qilinadi va 2 hafta davomida ta'sir qiladi. 

Kapsula moslashuvchan asos va dorili olti «oyoqcha»dan iborat. Organizmga qulay joylashishi uchun u eriydigan qobiqqa joylashtirilgan va oshqozonga tushishi bilan o‘ziga xos yulduzga aylanadi. Ichkarida belgilangan vaqt ichida kun davomida dozadan biri ajralib chiqadi. Dori esa organning shilliq qobig‘i orqali so‘riladi.

O‘ylab topilgan shakl kapsulaning oshqozondan erta chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va bir vaqtning o‘zida uning ravon harakatiga xalaqit bermaydi. Faqatgina harakatga ajratilgan vaqtdan so‘ng yulduzsimon agregat alohida "nurlar"ga bo‘linadi va organizmga ziyon keltirmagan holda tabiiy yo‘l bilan chiqib ketadi. 

Hozircha tibbiy nou-xau faqatgina cho‘chqalar bilan o‘tkazilgan laboratoriya sharoitidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Olimlar bu ixtiroga katta umid bildirmoqda hamda uning yordamida asab-ruhiy zo‘riqish, OIV, diabet, epilepsiya va boshqa o‘z vaqtida dorilarni iste'mol qilishni talab etuvchi kasalliklarni davolashda qo‘l kelishiga ishonishmoqda. 

Hozirda butun boshli davolanish kursini o‘zida mujassam etgan kapsula bemorlar uchun qachon sotuvga chiqarilishi haqida ma'lumotlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: