Fransiya Estoniyada qo‘shinlar va harbiy texnika joylashtiradi

Jahon 08:07 / 20.11.2016 5210

Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian Estoniya mudofaa vaziri Xannes Xansoga fransuz tomoni 2017 yilda Estoniyaga 300 harbiy, 5 ta Leclerc tanki va 13 ta zirhli piyoda mashinasi (BMP) yuborishini ma'lum qildi. Bu haqda ERR portali xabar bermoqda

"Estoniyalik va fransuz askarlari Afrikadagi operatsiya tufayli jangovar birodarlik rishtalari bilan bog‘langan. Biz hozir NATOning Boltiq dengizi hududida va ayniqsa, NATOning chegaraoldi davlatlarida harbiy joylashuvini oshirib, Yevropa mudofaasiga bor kuchni berish kerakligini ravshan anglamoqdamiz", deb aytdi Xanso.

Ta'kidlanishicha, fransuz bo‘linmasi Tapa shahrida joylashadigan NATOning Buyuk Britaniya qo‘mondonligi ostidagi batalon guruhi tarkibiga kiritiladi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: