Hindistonning «Kerala Blasters» jamoasi muxlislari«Chennay» klubi bosh murabbiyi Marko Materatstsiga qarshi o‘ziga xos aksiyada ishtirok etishdi.
Aktsiya doirasida o‘yin oldidan muxlislarga 35 ming dona Zinedin Zidan tasviri tushirilgan niqoblar sotildi.
Mazkur norozilik aksiyasi joriy mavsumda ikkala jamoa ishtirokidagi dastlabki uchrashuv paytida tortishuvlar kelib chiqqani bilan izohlanmoqda. O‘shanda Materatstsi o‘zini yaxshi tutmagani uchun ma'lum muddatga diskvalifikatsiya qilingandi.