Toshkent shahridagi Inha universitetida litsey va kollej rahbarlari “Jungseok ISGS” dasturi bilan tanishtirildi

Jamiyat 13:07 / 10.11.2016 11907

Toshkent shahridagi Inha universitetida poytaxtda faoliyat yuritayotgan akademik litsey va kollej rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda. 
Uchrashuvda Toshkentda faoliyat yurituvchi akademik litsey va kollejlarning 70 nafar direktori ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Koreya Respublikasidagi Inha universiteti vakillari joriy yilda ochilgan Jungseok International School of Global Studies (Jungseok ISGS, Global tadqiqotlar xalqaro maktabi) dasturini taqdim etishdi.

“Jungseok ISGS” dasturi yoshlarga Koreya Respublikasidagi Inha universitetida ta'lim olish hamda global tadqiqotlar sohasida bakalavr darajasini olish imkonini beradi. Dastur tomonidan a'lochi talabalarga grantlar ko‘zda tutilgan.
 

Ko‘proq yangiliklar: