Boshqirdistonda bolalar maktabga bolta bilan qurollangan holda bormoqda

Jamiyat 21:40 / 07.11.2016 10332

Rossiyaning Boshqirdiston respublikasidagi Yamash qishlog‘idagi maktab o‘quvchilari yo‘lga yovvoyi va yirtqich hayvonlardan himoyalanish maqsadida bolta bilan qurollangan holda chiqishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda «Mediakorset» xabar bergan.

Qishloqda maktab yo‘qligi tufayli bu hududda istiqomat qiluvchi bolalar 10 km masofadagi qo‘shni qishloqqa qatnashlariga to‘g‘ri keladi. Qo‘shni qishloq yo‘lida o‘quvchilar o‘rmon ichidan o‘tishi kerak bo‘ladi va har ehtimolga qarshi ota-onalar bolalarini bolta bilan qurollantirgan holda yo‘lga kuzatmoqda.

Burzyansk tumani ma'muriyati bu hodisaga izoh bera turib, hozircha bu muammoning optimal yechimi topilmaganini aytgan.

"Yo‘llar nishabligi tufayli bu yo‘lda avtobus qatnay olmaydi. Biz ota-onalar va o‘qituvchilar bilan gaplashib, muammoni hal qilamiz. Ular bolalarni maktabga kuzatib borishda navbatchilik tashkil qilishadi", degan ma'muriyat vakili.

Vladimir Shichinov nashrlardan biriga bergan intervyusida yovvoyi hayvonlarga qarshi oddiy bolta bilan qarshilik ko‘rsatishning iloji bo‘lmasligini aytib o‘tgan.

Hudud bo‘yicha bolalar huquqlari uchun mas'ul bo‘lmish Milana Skorobogatova esa bu haqida eshitmaganini aytgan. U voyaga yetmaganlarning xavfsizligini ta'minlash ishlari bilan tegishli muassasalar shug‘ullanishini ta'kidlagan.

Prokuratura bu ishni tekshiradi.

Ko‘proq yangiliklar: