Tokioda o‘tgan yapon tilidan notiqlik san'ati musobaqasida o‘zbekistonlik talaba g‘olib bo‘ldi

Jamiyat 18:52 / 05.11.2016 11653

Tokio Xalqaro universitetining xalqaro munosabatlar fakultetining 1-kurs talabasi, o‘zbekistonlik talaba Abdulloh Musayev universitet talabalari orasida yapon tilidan notiqlik san'ati bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, sertifikat va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Musobaqa universitet prezidenti Xiroshi Takaxashi tomonidan tashkillashtirilgan.

Musayev musobaqada so‘zlagan nutqida yaponlarning o‘zbeklarga o‘xshash ma'daniyati va xulqi, mehmondo‘stligi va xushmuomalaligi haqida, O‘zbekiston va Yaponiyaning do‘stona munosabatlari, 2011 yilda Yaponiyada bo‘lgan zilzila va suv toshqini paytida O‘zbekiston hukumati tomonidan yapon xalqiga ko‘rsatilgan yordam haqida ma'lumot berib o‘tgan.

Abdulloh Musayevni bu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz va unga kelajakda bundan ham yuksakroq zafarlar tilab qolamiz.

Ko‘proq yangiliklar: