Pokistonda poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Jahon 10:37 / 03.11.2016 4814

Pokistonning janubidagi port shahri Karachida ikki poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lib, 40 kishi jarohatlangan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, hozirda Karachi va boshqa shaharlar o‘rtasidagi temir yo‘l aloqasi to‘xtatib turilibdi.

Xabar qilinishicha, vokzalda turgan yo‘lovchi poyezdga shu yo‘lda xatolik tufayli harakatlanayotgan boshqa bir poyezd kelib urilgan.

Hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: