Amerikaning USS Carney esminetsi Qora dengizni tark etdi

Jahon 09:33 / 31.10.2016 6790

AQSh HDK USS Carney esminetsi Qora dengizda atigi olti kun bo‘lgach, zudlik bilan Bosfor bo‘g‘ozi orqali ortga qaytgan, deyiladi kemalarning bo‘g‘oz orqali harakatini kuzatuv boruvchi turk portalining Twitter sahifasida

Montryo konvensiyasiga muvofiq, Qora dengiz davlatlariga tegishli bo‘lmagan kemalar Qora dengizda 21 kundan ortiq tura olmaydi. 

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 6-operativ flotiga tegishli USS Carney esminetsi 24 oktabrda Qora dengizga kirgan edi. U Ruminiyaning Konstansa portiga kirgan, shundan so‘ng Bosfor janubiga yo‘l olgan. 

USS Carney Aegis ("Ijis") ko‘pfunksiyali jangovar axborot-boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. Esminets ballistik raketalarni urib tushirib, qanotli raketalar bilan zarba bera oladi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: