Qozog‘iston YuNeSKO ro‘yxati sabab shaharcha barpo etishni to‘xtatadi

Jamiyat 18:13 / 27.10.2016 5247

Qozog‘iston Olmaota viloyatidagi o‘rta asrlarga oid Talgar (Talxiz) shaharchasida yo‘l qurilishi ishlarini to‘xtatishga qaror qilindi. Bu haqda, mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Imangali Tasmagambetov ma'lum qilgan.

Uning qayd etishicha, 2014 yili Talgarga xalqaro maqom berilgani bois, undan foydalanish va uni asrab-avaylash borasida Butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konventsiya qoidalariga rioya etiladi. Qozog‘iston bu konvensiyaga 1994 yilda qo‘shilgan. 

Tasmagambetovning so‘zlariga ko‘ra, Talgar shaharchasida davlat idoralari harakatlarining muvofiqlashtirilmaganligi sababli tashkiliy va texnik mojarolarga olib kelgan. Bu esa, binolarni butunjahon merosi ro‘yxatidan o‘chirilishiga olib kelishi mumkin. 

Shu sababli, Olmaota viloyati hokimligiga qo‘riqlanuvchi hududni aylanib o‘tuvchi yo‘l qurish loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishi vazifasi topshirilgan. 

Talxiz – Buyuk Ipak yo‘lidagi o‘rta asrlarga tegishli, bugungi Xitoy, Qirg‘iziston va Qozog‘iston hududida joylashgan 33ta shaharchadan biri hisoblanadi. 2014 yili Talxiz YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan edi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: