O‘zbekistonda sud-huquq tizimi isloh qilinadi

O‘zbekiston 07:39 / 22.10.2016 32483

O‘zbekistonda sud-huquq tizimi isloh qilinadi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuchaytiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

Farmon sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan. 

Prezident farmoniga muvofiq, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish  davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.

Manba: O‘zA

Ko‘proq yangiliklar: