Rossiyadan xavfsirayotgan Boltiq mamlakatlari 2018 yilgi mudofaa xarajatlarini 3 barobar oshiradi

Jahon 17:27 / 20.10.2016 10295

Litva, Latviya va Estoniya qurollar va harbiy texnikalar uchun xarajatlarni keskin oshirishni rejalashtirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Boltiq dengizi mamlakatlari 2018 yilga kelib, mudofaa byudjyetini 2014 yil bilan taqqoslaganda 3 martaga oshirib, 670 mln dollarga yetkazish niyatida. Bunga, Rossiyaning Ukraina Qrim yarimorolini qo‘shib olgani tufayli vujudga kelgan qo‘rquv sabab qilib ko‘rsatilayapti, deyiladi IHS Markit sayti xabarida.

Unda aytilishicha, 2020 yilda ushbu uch mamlakatning umumiy mudofaa byudjyeti 2,1 milliard dollarga yetadi. Bu esa, ularning NATOga a'zo bo‘lgan vaqtdagi mudofaa byudjyetidan ikki marta ortiq bo‘ladi va dunyoning har qanday davlatiga nisbatan yuqori o‘sish sur'atini ko‘rsatadi. 

Estoniya, Latviya va Litva 1940 yilda SSSR tomonidan ikkinchi Jahon urushi boshlangach, bosib olingan edi. Biroq, 1991 yilda sobiq Ittifoq parchalangach, mustaqillikni qo‘lga kiritishgandi. Hozirda, bu davlatlar NATO va YeI a'zolari hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: