Balida ko‘prik qulashi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi

Jahon 00:24 / 17.10.2016 5676

Indoneziyaning Bali orolidagi osma ko‘prikning qulashi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Avvalroq 9 kishi halok bo‘lgani, 18 kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi.  

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 19:30 larda yuz bergan. Nusa Lembongan va Nusa Cheningan  orollarini bog‘lovchi ko‘prikning qulashiga unga katta yuklama tushishi sabab bo‘lgan. Ko‘prik undan bir vaqtda katta miqdordagi odamlar va transport o‘tishiga mo‘ljallanmagan bo‘lgan.

"Diniy marosim vaqtida ko‘prik orqali juda ko‘p odam va transport vositalari o‘tishi oqibatida uning troslaridan biri uzilib ketgan", deb ma'lum qildi qidiruv-qutqaruv masalalari boshqarmasi boshlig‘i Didi Xanzar.

Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi to‘xtatilgan, u 17 oktabr ertalab davom ettiriladi. Ko‘prik qulashi oqibatida bedarak yo‘qolganlarning aniq soni hanuzgacha noma'lum. 

Ko‘proq yangiliklar: