“O‘zstandart” agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston 11:18 / 15.10.2016 37646

Kun.uz saytining “O‘zstandart” agentligidagi manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori Qurbonov Abdusalom Qobulbekovich lavozimidan ozod etilgan. Hozircha, agentlikning bo‘sh qolgan rahbarlik lavozimiga kim tayinlangani ma'lum emas. Qurbonov 2012 yil iyun oyidan buyon O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

“O‘zstandart” agentligi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun maxsus vakolat berilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi. “O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini amaldagi Qonunchilikka ko‘ra bevosita va quyi tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi.

“O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-sonli “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: