“Mirzo Ulug‘bek” dramasi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi  

Jamiyat 18:20 / 14.10.2016 17454

Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub “Mirzo Ulug‘bek” dramasi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi. Sentyabr oyida ilk bor namoyish etilgan mazkur sahna asari san'atshunoslar, ijodkorlar, san'at muxlislari tomonidan samimiy kutib olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Bu gal “Mirzo Ulug‘bek” spektaklini  tomosha qilish uchun taniqli san'at va sport namoyandalari, turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar O‘zbek Milliy akademik drama teatriga keldi. 

Mazkur tarixiy spektaklda buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bekning olim, ilm-fan homiysi sifatida amalga oshirgan ishlari, mashaqqatli hayoti,   jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashgani aks ettirilgan.

Spektakl rejissyori – O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Olimjon Salimov. Rassom – O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Baxtiyor To‘rayev. 

Spektaklda bosh rollarni O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari Erkin Komilov, Yayra Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Fatxulla Ma'sudov, Behzod Muhammadkarimov, Lola Eltoyevalar mahorat bilan ijro etgan.

Ko‘proq yangiliklar: