Kanadada hijobli qizdan imtihonni tark etish so‘raldi

Jamiyat 13:59 / 11.10.2016 10601

Kanadadagi kollejlardan birida biologiya fanidan o‘tgan  imtihonlarda talaba qizdan hijobini yechish so‘raldi. Buning boisi qizning imtihon vaqtida quloqchinlardan foydalanayotgan yoki yo‘qligini bilish bilan izohlangan. Talaba pedagogning iltimosini bajarishdan bosh tortgan va imtihondan haydalgan. Bu haqida The Independent nashri ma'lum qildi. 

— U o‘qituvchiga quloqlarini ko‘rsatishdan bosh tortdi, - deydi qiz tahsil oluvchi College de Maisonneuve kolleji vakili Lin Legar. 

Legarning so‘zlariga ko‘ra, qiz pedagogning iltimosiga javoban hijobning ustidan uning boshini ushlab, quloqchinlar bor yo yo‘qligini tekshirib ko‘rishni taklif qilgan. Biroq (erkak) pedagogni bunday variant qoniqtirmagan va u talaba qizdan imtihonni tark etishni so‘ragan. 

Talaba qizning o‘zi bu borada rasman shikoyat qilmagan, lekin kollej rahbariyati biologiya fani bo‘yicha test sinovlarini boshqa kunga ko‘chirishga kelishishmoqda. 

Kvebek bosh vaziri Filipp Kuyyar o‘qituvchini himoya qildi. U hukumat diniy qarashlar namoyishini boshqarishga doir qonun loyihasini ilgari surgani, shu bois ro‘mol o‘rash kabi diniy masalalar muhokamaga qo‘yilishini ma'lum qildi. 

Kanadaning Kvabek provinsiyasi aholisi uchun musulmonlarning bosh kiyimi anchadan beri jiddiy muammoga aylangan -  manbaga ko‘ra, kvabekliklar terrorchilik tahdidi va yoshlarning radikallashuvidan xavfsirashmoqda. 
 

Ko‘proq yangiliklar: