Opal English: IELTS natijasi kamida 8 ball bo‘lgan o‘qituvchilardan ta'lim olishni xohlaysizmi?

Jamiyat 12:16 / 10.10.2016 18890

IELTS imtihonlariga tayyorlaydigan o‘quv markazlari sonining ko‘pligi bois, aynan qaysida ta'lim olishni bilmayapsizmi? U holda, o‘qituvchilari yaxshi natija qayd etgan o‘quv markazni tanlang.

Xuddi shunday o‘quv markazlardan biri — Opal English bo‘lib, u yerda IELTS natijasi kamida 8 ball bo‘lgan o‘qituvchilar dars o‘tadi. Markaz ish boshlaganiga yarim yilgina bo‘lsa ham, o‘quvchilari allaqachon IELTSdan 7—7,5 ball natija qayd etib ulgurishgan.

O‘quvchilarining bunday katta ball olishiga sabab esa markazning maxsus tayyorlov kurslarida. U yerda darslarning 50 foizini Speaking (gaplashish) tashkil etadi. Bu esa IELTSning eng qiyin bo‘limi imtihonidan o‘tishni ancha soddalashtiradi.

Shuningdek, o‘quv markazi rahbari 5 yil Londonda ta'lim olgan va IELTSga tayyorlash uchun o‘z o‘quv metodini ishlab chiqqan. Markazda faoliyat yuritayotgan har bir o‘qituvchi ish boshlashi oldidan shu o‘quv metodi bo‘yicha treninglar qabul qiladi.

Darslar haftada 5 kun o‘tiladi, shanba kuni esa markaz kutubxonasida kitoblar o‘qish, Speaking mashg‘ulotlarida qatnashish yoki ingliz tilida kino tomosha qilish mumkin.

O‘quvchilarning yo‘lda sarflanadigan vaqtini tejash maqsadida matematika to‘garaklari ham taklif etilmoqda. Markazning yana bir qulaylik tomoni esa «Chilonzor» metro bekati oldida joylashganida.

Hozirda Opal English o‘quv markazi yangi guruhlariga o‘quvchilarni qabul qilmoqda. Qo‘ng‘iroq qiling, tashrif buyuring, o‘qing va IELTSdan kamida 8 ballik marrani zabt eting:

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani;
Mo‘ljal: «Chilonzor» metro bekati va «Kasbino» supermarketi;
Telefon: (+998-95) 198-86-66, (+998-91) 551-46-08.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: