Estoniya va Finlyandiya tadbirkorlari “Angren” MIZga tashrif buyurdi

Jamiyat 13:11 / 10.10.2016 4170

2016 yilning 7 oktabr kuni Estoniya va Finlyandiya ishbilarmon doiralaridan iborat delegatsiyasi Toshkent viloyatida tashkil etilgan “Angren” maxsus industrial zonasiga tashrif buyurishdi. Bu haqda “Angren” MIZ Matbuot xizmati xabar beradi.

Mehmonlar “Angren” MIZ rahbariyati bilan uchrashib, maxsus industrial zonasining salohiyati bilan tanishganlar. 

Bundan tashqari, delegatsiya vakillari Xalqaro logistika markazi hamda Angren quvur zavodi faoliyati bilan ham tanishganlar. 
 

Ko‘proq yangiliklar: