Rossiya Ermatov hakamlik qilgan uchrashuvda Kosta-Rikaga oxirgi daqiqalarda qo‘yilgan penalti tufayli yutqazdi

Sport 20:20 / 09.10.2016 20635

Stanislav Cherchesov bosh murabbiyligidagi Rossiya terma jamoasi Krasnodardagi «FK Krasnodar» stadionida Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuv mezbonlarning 3:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Avvaliga Rendall Asofeyf (22) va Brayan Ruis (29) mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Rossiyaliklar safida Aleksandr Samedov 31-daqiqada hisobni qisqartirdi, ammo birinchi bo‘lim oxirida Vasiliy Berezutskiy avtogol urib, hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda Artyom Dzyuba dubl qayd etib (48 va 61) muvozanatni yana tenglashtirgandi.

Ammo o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Berezutskiy qo‘pollik ishlatgach belgilangan penaltini Kosta-Rika hujumchisi Hoel Kempbell aniq amalga oshirdi - 3:4.

Qayd etish kerakki, bu uchrashuv o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov tomonidan boshqarib borildi.

Shu tariqa, Cherchesov rahbarligida Rossiya terma jamoasi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Bungacha ushbu murabbiy boshchiligida o‘tkazilgan 2ta o‘yinda bir g‘alaba va bir durang qayd etilgandi.

Terma jamoaning keyingi uchrashuvi 13 noyabr kuni Kiprga qarshi kechadi.

Rossiya – Kosta-Rika 3:4 (1:3, 2:1)
Gollar: 0:1 – 22 Asofeyfa, 0:2 – 29 Ruis, 1:2 – 31 Samedov, 1:3 – 45, avtogol Berezutskiy, 2:3 – 48 Dzyuba, 3:3 – 61 Dzyuba, 3:4 – 90, penalti Kempbell.
Rossiya – Janayev, Kutepov, Berezutskiy, Smolnikov, Petrov, Gazinskiy, Zobnin, Yeroxin (Jirkov, 82), Samedov (Ozdoyev, 88), Shatov (Poloz, 56), Dzyuba (Kanunnikov, 89).
Kosta-Rika – Navas, Kalvo, Akosta (Uoston, 69), Matarrita (Ovedo, 75), Gonsales, Borxes (Gusman, 78), Venegas, Ruis (Kempbell, 70), Asofeyfa (Texeda, 66), Salvaterra, Urenya (Uolles, 70).
Ogohlantirishlar: Venegas (45), Kempbell (77), Smolnikov (85).

Ma'lumot uchun, ushbu o‘yin ochilish uchrashuvi maqomini o‘tab bergan «Krasnodar» jamoasining stadioni 2013 yilda qurilgan va o‘tgan haftada tayyor bo‘lgandi. Stadion sig‘imi - 34 mingdan ortiq kishini tashkil qiladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: