Turkiya Mo‘sul va Raqqadagi harbiy amaliyotlarga qo‘shilishi shartini ma'lum qildi

Jahon 10:27 / 04.10.2016 9202

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush ma'lum qildiki, turkiyalik harbiylar Suriyaning Raqqa shahrini hamda Iroqning Mo‘sul shahrini IShIDdan ozod etishda ko‘mak berishga tayyor. Buning uchun talab qilinadigan shart shuki, harbiy harakatlarda Suriyadagi kurdlar ishtirok etmasligi kerak bo‘ladi.

"Agar Mo‘sul va Raqqada amaliyotlar boshlansa, janglarda mahalliy kuchlar ishtirok etishi, ularni koalitsiya kuchlari yordam berishi kerak. Lekin Turkiya jangarilardan ozod etilgan hudud boshqa bir jangari guruhga qoldirilishini aslo istamaydi. Turkiyaning bu janglarda ishtirok etishi uchun qo‘yiladigan asosiy sharti - bu amaliyotlarga Suriya kurdlarining lashkarlari aralashtirilmasligidir. Manbijdan kurdlarning bir qismi chekindi, lekin biz Frotning sharqiy qirg‘og‘ida kurdlar qolmasligini istaymiz", deya Kurtulmushning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.

1 oktabr kuni Turkiya parlamenti mamlakat armiyasining Suriya va Iroqdagi operatsiyalarda qatnashish vakolatini 13 oy muddatga uzaytirgandi. 

Turkiya qo‘shinlari Suriya va Iroqda IShID jangarilariga qarshi operatsiyalarda ishtirok etmoqda, ammo, bundan tashqari, ular Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb hisoblanadigan Kurdiston ishchilar partiyasi obektlariga ham zarbalar bermoqda.

Ko‘proq yangiliklar: