Kataloniyada «Inson minoralari» barpo etildi

Jamiyat 15:08 / 03.10.2016 7549

2 oktabr kuni Ispaniyaning Tarragon shahrida an'anaviy Kataloniya tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etganlar eng baland kastellar - «insonlardan barpo etilgan qasrlar»ni qurish bo‘yicha kuch sinashishdi. O‘ziga xos “bino”lar yuzlab insonlardan barpo etiladi. Musobaqa besh raunddan iborat bo‘lib, “bino”ning nafaqat balandligi, balki minoraning murakkabligi ham baholanadi. 

Mazkur musobaqa har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladi. Uning tarixi o‘rta asrlar yarmarkasi davriga borib taqaladi. Qayd etish joizki, YuNeSKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mazkur tomoshalarda  nafaqat Ispaniya jamoalari ishtirok etadi. Bu yil unda Xitoydan tashrif buyurgan jamoa ham o‘z kuchini sinab ko‘rgan. 

“Inson minora”larini tomosha qilish uchun esa, dunyoning turli burchaklaridan minglab odamlar kelishadi.

Ko‘proq yangiliklar: