Braziliyadagi turmadan qochganlar soni  470 kishiga yetdi

Jahon 09:36 / 01.10.2016 6584

Braziliya hukumati San-Pauludagi turmadan tartibsizliklar vaqtida qochgan mahbuslarning aniq sonini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Folha de Sao Paulo nashri.

Avvalroq 200 mahbus qochgani ma'lum qilingandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, turmadan 470 ga yaqin mahbus qochgan. 

Politsiya vakillarining aytishicha, mahbuslar isyon ko‘tarib, yong‘in uyushtirib, qochib ketganlar.

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda politsiya 338 qochoqni tutishga muvaffaq bo‘lgan. 

Turmada isyon ko‘tarilishiga uning me'yoridan to‘lib-toshgani sabab bo‘lgan. Turmada me'yordagidan 800 ga ko‘proq mahbus saqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: