«Arsenal» - Arsen Venger bilan 20 yil

Sport 21:10 / 01.10.2016 7762

Ha, Arsen Vengerning «Arsenal» futbol klubiga murabbiylik qilishni boshlaganiga 20 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan quyida uning eng yorqin onlarini yodga olishga urinib ko‘ramiz. 

Arsen Venger 1996 yili 1 oktabr kuni «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyligini qabul qilib olgan edi. Va ayni vaqtda, u bosh murabbiylar orasida «uzoq umr» ko‘rayotgani hisoblanadi. Albatta, Aleks Fergyusonning 27ta mavsumigacha hali ancha bor. 

Venger boshchiligida 1074ta o‘yinda maydonga tushgan «Arsenal» 618ta g‘alabani qo‘lga kiritgan (57,2 foiz), 245 marta durangni qayd etib, (22,8 foiz) 211ta o‘yinda (20 foiz) imkoniyatni boy bergan. Umuman «kanonirlar» har bir o‘yinda o‘rtacha 1,94 ballni qo‘lga kiritgan. 

Venger ikkinchi mavsumidayoq oltin xet-trikni amalga oshirishning uddasidan chiqdi. Uning jamoasi chempionat, Kubok va Superkubok sohibiga aylandi. 

1999 yili Venger adolat kurashchisi sharafini qo‘lga kiritdi. U «Sheffild» bilan o‘tkazilgan va g‘alaba qozongan Kubok bahsini qayta tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Uning ta'kidlashicha, «kanonirlar»ning g‘alabasini ta'minlagan goli fair-play qoidalari buzilgan holda kiritilgan edi. Gap shundaki, jamoaning yangi a'zosi Kanu londonliklarning qasddan raqiblariga qoldirgan to‘pini egallab olgan edi. Aslida, raqib jamoasi «Arsenal» futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun to‘pni autga tepib yuborgandi. 

Venger «Arsenal»ining ikki nafar timsoli uning vatandoshlari Patrik Viyeyra va Terri Anri bo‘ldi. Ular, murabbiy rahbarligida 370 va 368ta o‘yinda maydonga tushishgan. 

2003/04 yilgi mavsumda «Arsenal» ajoyib tarixiy natijani qo‘lga kiritdi. U, chempionat davomida bironta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi. Bu seriya kelgusi mavsumning boshida ham davom etib, 49ta mag‘lubiyatsiz o‘yin o‘tkazish bilan APLning mutlaq rekordini o‘rnatdi.

Venger 20 yil mobaynida 97 nafar o‘yinchining transferi uchun umumiy hisobda 801 mln yevro sarflagan bo‘lsa, shundan birgina Mesut Ozil — 47 mln yevroga tushgan.

Arsenal bosh murabbiyi Andrey Arshavin uchun ham uzoq kurashdi va uning uchun 16,5 mln yevro to‘ladi. Andrey o‘z navbatida o‘sha yilning o‘zida «Enfild»dagi poker va yana 27ta gol hamda 46ta golli uzatma bilan tashakkur bildirdi. 

Garchi ko‘rinishidan ancha madaniyatli ko‘rinsa-da, Venger hamkasblari bilan ancha-muncha dahanaki janglar o‘tkazib turadi. Ayniqsa Mourino bilan haqiqiy so‘z talashadi. 

Biroq, eng yodda qolarli voqea ser Aleks bilan sodir bo‘lgan. Ularning munosabatlarida turli bosqichlar bo‘lgan. Ammo, 2004 yili «Old Trafford» stadionida kuzatilgan voqea ko‘pchilikning xotirasiga muhrlangan. O‘shanda, fransuz murabbiyi raqibi tomon pitssa bo‘lagini irg‘itgan edi. Garchi keyinchalik, tomonlar aslida unday bo‘lmagani, yoki uni noto‘g‘ri tushunishganini aytishgan bo‘lsalar-da, aksariyat hamon «pitssageyt» haqida eslashadi. 

Ha, aytgancha, fazoda futbol murabbiylari orasida birgina uning nomi sharafiga Arsenvenger – deya atalgan yagona asteroid mavjud. 

Venger ilk 10 yilda «Arsenal» 11ta sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, keyingi o‘n yillikda atigi 4ta sovrinni bisotiga joyladi. 

So‘ngso‘z o‘rnida aytish mumkinki, Arsen Venger 1996 yili «Arsenal» bilan shartnomani imzolayotgan vaqtda, rafiqasiga «azizim, yana ko‘pi bilan besh yil va men nafaqaga chiqaman», deya va'da bergan.


manba:tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: