Eng mashhur ijtimoiy tarmoqning ma'lumotlar markazi qanday ko‘rinishga ega: ilk suratlar

Fan-texnika 21:52 / 29.09.2016 15436

Facebook rahbari Mark Tsukerberg o‘z sahifasida ijtimoiy tarmoqning ma'lumotlar markazi suratlarini taqdim qildi. Tarmoq binosi Shvetsiyadagi Luleo shahrida joylashgan.  

Facebook ma'lumotlar markazi 6 futbol maydoni hududini egallaydi. Luleoda havo harorati yil bo‘yi taxminan 10 daraja (Tselsiy bo‘yicha) atrofida bo‘lgani uchun ma'lumotlar markazi texnikani sovutishda jiddiy tejaydi. Faqatgina ulkan ventilyatorlardan foydalaniladi, ular ko‘chadan kelayotgan sovuq havo oqimini minglab qaynoq serverlarga yo‘llaydi. 

Tizimlar bir necha gidroelektrostansiyalardan olinuvchi energiya ta'sirida ishlaydi. Ma'lumotlar markazi boshqa bunday obektlarga qaraganda 10 foizga samaraliroq va 40 foizga kamroq elektr energiyasi sarflaydi. Aytgancha, boshqa zarurati qolmagan qattiq disklar ma'lumotlar markazida jismonan yo‘q qilinadi - shu yo‘l bilan ma'lumotlarning qo‘shimcha himoyasi ta'minlanadi. 

Mana uning tashqi va ichki ko‘rinishi:

 

Ko‘proq yangiliklar: