O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etildi

O‘zbekiston 14:27 / 28.09.2016 9058

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentabrda qabul qilingan № O‘RQ-411 Qonuniga muvofiq, xorijiy sarmoyalar ishtirokida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etildi

Xususan, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari umumiy va xo‘jalik sudlarida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi yuzasidan berilgan murojaatlar bo‘yicha to‘lovlardan ozod etilgan. 

Shuningdek, nizom jamg‘armasida xorijiy investitsiyalar ulushi 15 foizdan kam bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlari ma'lum muddatga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish solig‘i, yagona soliq to‘lovi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan ozod etiladi. Mazkur imtiyoz muddati hukumat tomonidan korxonaning toifasi va faoliyat turiga bog‘liq ravishda belgilanadi. 

Bunda, xorijiy sarmoya ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishda, xorijiy sarmoya miqdori jamiyat nizom jamg‘armasida kamida 15 foiz bo‘lishi kerak, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan alohida holatlar bundan mustasno. 

Ko‘proq yangiliklar: