Anons. “Atletiko” “Bavariya”ni qabul qiladi, “Barselona” Menxengladbaxda o‘ynaydi

Sport 10:00 / 28.09.2016 4817

Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 2-tur uchrashuvlari bugun ham davom ettiriladi. Qolgan to‘rtta guruhda o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. 

Jumladan, “A” guruhida “Arsenal” uyda “Bazel”ni qabul qiladi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa PSJ safarda “Ludogorets” bilan o‘ynaydi.

“B” guruhida joy olgan “Beshiktosh” esa Kiyevning “Dinamo” jamoasiga qarshi o‘z maydonida to‘p suradi. Italiyada “Napoli” esa “Benfika” bilan kuch sinashadi.

1-turda yirik hisobda g‘alabani tantana qilgan “Barselona” safarda “Borussiya M”ga qarshi o‘ynaydi. Xosep Gvardiola ustozligidagi “Manchester Siti” ham mehmonda “Seltik” bilan to‘qnashadi.

2-turning markaziy uchrashuvlaridan biri Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yilgi turnir finalchisi “Atletiko” Karlo Anchelotti boshchiligida mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan “Bavariya”ni qabul qiladi. “Rubin” esa uyda PSV bilan o‘ynaydi.

“Ludogorets” – PSJ (23:45)

“Arsenal” – “Bazel” (23:45)

“Beshiktosh” – “Dinamo K” (23:45, Match! Igra)

“Napoli” – “Benfika” (23:45, Match! Nash sport)

“Borussiya M” – “Barselona”  (23:45, Match! Arena)

“Seltik” – “Manchester Siti” (23:45, Match! Futbol 1)

“Atletiko” – “Bavariya” (23:45, Match! Futbol 2)

“Rubin” – PSV (23:45, Match TV)

Ko‘proq yangiliklar: