Kaliforniyada Jahon akademik sammiti ish boshladi

Jamiyat 10:18 / 27.09.2016 4439

26 sentabr, dushanba kuni Berkli shahrida (Kaliforniya shtati) Jahon akademik sammitiga start berildi. Bu haqida Britaniyaning Times Higher Education (THE) jurnali tomonidan tashkil etiladigan yillik tadbirning matbuot relizida ma'lum qilindi

Dunyo mamlakatlaridagi eng yirik oliy ta'lim muassasalarining 200dan ortiq vakillari ishtirok etayotgan sammit bu yil Berklidagi Kaliforniya universitetida bo‘lib o‘tmoqda. 28 sentabr kuni o‘z ishini tugallaydigan uch kunlik sammitda oliy ta'lim muassasalari, ilmiy institutlar, o‘quv birlashmalari va xususiy sektor xodimlari o‘zaro fikr va g‘oyalar almashishadi hamda muhim masalalarni muhokama qilishadi. 

Bu yilgi yig‘ilish dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari faoliyati va jamoatchilik qiziqishlarining o‘zaro aloqasiga bag‘ishlanadi. Berklidagi Kaliforniya universiteti rektori Nikolas Dirksning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda "global muammolarga qarshi faoliyat muvaffaqiyati butun dunyo oliy ta'lim muassasalarining hamkorlik qilish, harakatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va o‘zaro bilim almashish  xususiyatlariga bog‘liq". "Global muammolarning yechimlari izlanayotgan hozirgi vaqtda yetakchi universitetlarning kelajagi nafaqat xususiy va davlat ta'lim muassasalari orasidagi munosabatlar rivoji, balki  butun dunyo universitetlarining hamkorligini talab qiladi", - dedi rektor. 

Ko‘proq yangiliklar: