Yuklarni tashishda ijodkorlik naqadar muhimligini velosiped ishlab chiqaruvchilar isbotladi

Iqtisodiyot 11:11 / 26.09.2016 8116

Niderlandiyaning Vanmoof velosiped ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotlarini mijozlariga yetkazib berishda qulash va turli zarblardan nuqsonga uchragan holda yetib borayotganiga e'tibor qaratgan. 

“Velosipedlarni kim yetkazib berishidan qat'inazar, velosipedlarimiz juda ko‘p hollarda go‘yo temir g‘ajuvchi kombayndan o‘tgan ko‘rinishda yetib borgan. Bu bizga juda qimmatga tusha boshladi, shu bilan birga mijozlarimizning noroziligini kuchaytira bordi”, - deydi Vanmoof kreativ direktori Bex Rad.

Mazkur muammoni bartaraf etish uchun kompaniya antiqa usuldan foydalandi. U, velosipedlar solingan karton qutiga keng ekranli televizor tasvirini joylashtirgan. Shundan so‘ng, Vanmoof vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu yuklarni tashishda zararlanish holati 70-80 foizga pasaygan. 

Ko‘proq yangiliklar: