G‘o‘za poyalaridan DSP ishlab chiqariladi

Jamiyat 11:49 / 26.09.2016 16339

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2016 yil 22 sentabrdagi qaroriga muvofiq, respublikaning 3ta hududida g‘o‘za poyalaridan talab yuqori bo‘lgan qurilish materiali – DSP ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur loyihalar, O‘zbekiston prezidentining 2016 yil 4 iyuldagi “Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish choralari to‘g‘risida”gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda. Qaror matni bilan Lex.uz saytida tanishish mumkin. 

Hukumat qaroriga ko‘ra, import o‘rnini bosuvchi mahsulotni ishlab chiqarish quvvatlari Jizzax viloyati «Jizzax qurilish ziynati» XF (yiliga 10 ming kub metr), Surxondaryo viloyati «Termiz-ta'minot» XK (10 ming kub metr) va Toshkent viloyatidagi Seowon Kiup xorijiy korxonasida (30 ming kub metr) joylashtiriladi. 

2017 yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan uchta loyihaning umumiy qiymati 7,3 mln dollarni tashkil etadi. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni moliyalashtirish kompaniyalar, xorijiy va mahalliy banklar kreditlari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar hisobidan amalga oshiriladi. 

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish bosh vazir o‘rinbosari B. Zokirov zimmasiga yuklatilgan. 
 

Ko‘proq yangiliklar: