Anqara: Raqqa va Mo‘sulni mahalliy kuchlar ozod etishi kerak

Jahon 18:00 / 26.09.2016 8206

Turkiya tomoni fikriga ko‘ra, Suriya va Iroq hududida IShIDga qarshi amaliyotlarda asosiy ishni mahalliy harbiylar bajarmog‘i lozim. Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmushning aytishicha, Raqqa va Mo‘sulni suriyaliklar va iroqliklarning o‘zlari ozod etishi kerak.

"Bizningcha, Raqqa va Mo‘sulda IShIDga qarshi harbiy amaliyotlarda birinchi navbatda mahalliy kuchlar ishtirok etishi kerak. Xalqaro koalitsiya vaziyatni nazorat qilib borishi kerak. Shuningdek, Raqqadagi amaliyotlarda Suriya kurdlari ishtirok etmasligi juda muhim. Suriya ozodlik armiyasi Jarablus va Al-Bobdagi harbiy harakatlarda qanday o‘rinni egallagan bo‘lsa, Raqqada ham asosiy ishni bajarishi kerak", — degan Kurtulmush jurnalistlarga Anqaradagi vazirlar kengashidan keyin.

Bundan oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Raqqani ozod etish uchun harbiy harakatlarni amerikaliklar bilan ittifoqchilikda o‘tkazishga tayyorligini aytgandi. Turkiya rahbarining fikricha, rasmiy Anqara bu amaliyotlarga qo‘shilishi uchun Suriya kurdlarining bu amaliyotlarda ishtirok etmasligini talab qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: