Sayyoramizning kislorodni fojiali tarzda yo‘qotishi qayd etildi

Jamiyat 00:10 / 24.09.2016 21105

Olimlar Yer atmosferasi kislorod yo‘qotayotganini aniqlashdi. Hayot uchun zarur bo‘lgan gazning miqdori oxirgi 800 ming yil ichida 0,7 foizga kamaygan. Olimlar o‘z xulosalarini Science jurnalida chop etilgan maqolada keltirishgan.

Yerda hayot paydo bo‘lguncha atmosferada kislorod bo‘lmagan. Tsianobakteriyalar paydo bo‘lgandan keyin uning miqdori ko‘paya boshlagan. Oxirgi bir necha yuz million yil davomida sayyoramizning havo qobig‘ida gazlarning miqdori barqaror darajada qolib kelgan.

Olimlar oxirgi bir necha yuz ming yildagi kislorod miqdorini Grenlandiya va Antarktidada olingan muz namunalarini tahlil qilib tekshirishdi. Bu muzlarda o‘tmishda havo tarkibi qanday bo‘lgani haqida ma'lumot saqlovchi pufakchalar saqlanadi. Olimlar kislorod va azot izotoplari nisbatini aniqlab, kislorod hajmi bir foizga kamayganini aniqlashgan.  

Olimlar buning bir necha sababini keltirishmoqda. Birinchidan, eroziya tezligining oshishi oksidlanish jarayonlarini kuchaytirgan bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, agar iqlimning antropogen o‘zgarishi qaralmasa, unda oxirgi million yillar ichida gidrosfera harorati pasaygan, buning oqibatida esa okeanlar o‘zlarida ko‘proq kislorodni eritishga qodir bo‘lib qolgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: