Misr yaqinida kemaning cho‘kishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 160 dan oshdi

Jahon 08:41 / 24.09.2016 5088

Misr sohillari yaqinida 21 sentabrda bortida yuzlab odamlar bo‘lgan kemaning falokatga uchrashidan keyin dengizdan 162 muhojirning jasadi chiqarib olindi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali. 

Ma'lum qilinishicha, falokat qurbonlarini topish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda, chunki halok bo‘lganlar orasida yana bir necha o‘nlab odamlar bo‘lishi mumkin. 

Ta'kidlanishicha, qutqaruv ishining kattaligi sababli qutqaruvchilarga mahalliy baliqchilar yordam bermoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: