Kongoda aeroportga hujum qilinishi oqibatida 40 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Jahon 06:46 / 24.09.2016 4799

Kongo Demokratik Respublikasining markaziy qismida joylashgan Kananga shahri aeroportiga mahalliy qabila sardori tarafdorlarining hujumi oqibatida 40 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Bu haqda 24 sentabrda AFP axborot agentligi ma'lum qildi. 

"Biz xavfsizlik kuchlari tomonidan 7 kishi va hujum qilganlar tomonidan 40 kishi halok bo‘lgani haqida ma'lumotga egamiz", deb aytdi mahalliy ma'muriyat vakili.

Ta'kidlanishicha, Kanangada tartibsizliklar 22 sentabrda qabila sardori tarafdorlari mahalliy aeroport hududida xavfsizlik kuchlariga hujum qilganlaridan keyin boshlangan.

Ayni vaqtda to‘qnashuvlar tugagan, deb aytdi mamlakat hukumati vakili.

Ko‘proq yangiliklar: