Yo‘l qoidalarini buzgan piyodalarga solinadigan jarima miqdori tasdiqlandi

Jamiyat 11:21 / 24.09.2016 50830

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik Kodeksiga, Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagan piyodalarga ma'muriy jazolarni tayinlashni kengaytiruvchi to‘ldirishlar kiritildi. Mazkur tuzatishlar to‘g‘risidagi qonunni 2016 yil 23 sentabr kuni Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan. U, 24 sentabrdan kuchga kiradi, deya xabar qilingan Xalq so‘zi gazetasida. 

Kodeksning yangilangan 138 moddasiga muvofiq, endilikda, piyodalarning avtomobil qatnov qismini kesib o‘tish chog‘ida, telefondan foydalanishi, kitob, davriy nashrlar o‘qishi, video yoki audiomateriallarni ko‘rishi va tinglashi hamda diqqatni susaytiruvchi boshqa elektron jihozlardan foydalanishi, bu holat maxsus piyodalar o‘tish joyida amalga oshirilgan taqdirda ham eng kam oylik ish haqining uchdan biri (1 oktabrdan — 49925 so‘m) miqdorida jarima solishga asos bo‘ladi.

Bundan tashqari, yo‘lovchilarning qo‘ldan boshqa tana a'zolarini yoki qismini transport vositasining harakati chog‘ida salon tashqarisiga chiqarishi eng kam oylik ish haqi miqdorida (1 oktabrdan 149775 so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: