Rim Papasi jurnalistikadagi mish-mishlarni terrorizmga qiyosladi

Jahon 17:19 / 23.09.2016 3119

Rim papasi Frantsisk OAV orqali tarqatilayotgan shov-shuvlarni terrorizmning bir ko‘rinishi deya baholadi. Bu haqda 23 sentabr The Guardian xabar bermoqda.

Papa italiyalik jurnalistlar gildiyasiga murojaat qilar ekan jurnalistikaning hech narsaga asoslanmagan, yolg‘onlarga suyangan xabarlar va mish-mishlarini terrorizm aktlarining bir ko‘rinishiga qiyoslash mumkin. Bu insonni so‘z bilan o‘ldirishdek gap, deydi papa.

Shuningdek, pontifikning ta'kidlashicha, yangiliklar nashri shundan ehtiyot bo‘lishi kerak-ki, “ularning ovozlarini barcha eshitadi va u juda xavfli qurolga aylanadi”. Jurnalistika odamlar, kerak bo‘lsa, butun millatni yo‘q qilib yuboradigan qurolga aylanmasligi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: