Xakerlar WADA ma'lumotlar bazasidan o‘g‘rilangan hujjatlarning 5-qismini chop etdilar

Sport 21:16 / 23.09.2016 6759

Fancy Bears xakerlik guruhi 23 sentabrda Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) ma'lumotlar bazasidan o‘g‘rilangan hujjatlarning 5-qismini chop etdi.

Ro‘yxatda WADA’dan davolash maqsadida taqiqlangan moddalarni qabul qilishga ruxsat olgan sportchilar nomi keltirilgan. Hammasi bo‘lib 13 ta davlatdan 41 nafar sportchining nomi keltirilgan. Ular orasida Moskvaning "TsSKA" basketbol jamoasi o‘yinchisi, serbiyalik Milosh Teodosich va nomdor velopoygachi Fabian Kanchellara nomlari tilga olingan.

Xakerlik guruhi taqiqlangan moddalarni qabul qilishga ruxsat olgan sportchilar ro‘yxatlarini bosqichma-bosqich chop etib bormoqda. Agentlik chop etilgan ma'lumotlar haqiqiyligini tan oldi.

Bundan avval chop etilgan 4-qismda ispaniyalik tennischi Rafael Nadal, britaniyalik yuguruvchi Muhammad Farah va vengriyalik suzuvchi Laslo Chex nomlari bo‘lgan. Ma'lumotlarning 1-qismi xakerlik guruhi saytida 13 sentabrda chop etilgan. O‘sha qismda AQShlik sportchilar: opa-singil tennischilar Venus va Serena Uilyams, Riodagi Olimpiada oltin medallari sohibasi, gimnastikachi Simona Baylz va basketbolchi Yelena Delle Donn nomlari bo‘lgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: