AQShdagi zavoddagi otishmada ishchilar halok bo‘ldi

Jahon 08:15 / 23.09.2016 4461

AQShning Tennessi shtatida po‘lat quyuvchi zavodda yuz bergan otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda ABC  News telekanali xabar bermoqda.  

Fojia Atens shahridagi metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi Thomas and Betts zavodida yuz berdi. Shahar politsiyasi boshlig‘i otishmani zavodning ishchilaridan biri uyushtirganini ma'lum qildi. U o‘z hamkasblarini o‘ldirgach, o‘zini otib tashlagan. 

Voqea joyida tezkor guruh ish olib bormoqda. Politsiyachilar voqea sababini aniqlashtirishmoqda. Sherifning aytishicha, agar zavod xodimlari birinchi o‘q uzishlardan keyinoq qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilmaganlarida qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. 

Ko‘proq yangiliklar: