Politico: YeI Trampni yashirincha qo‘llab-quvvatlayapti

Jahon 14:52 / 22.09.2016 6614

Yevropaning ko‘plab siyosatchilari Hillari Klinton o‘rniga Donald Trampning AQSh prezidenti bo‘lishini ma'qul ko‘rishmoqda. Biroq, ular bu haqda oshkora fikr bildirishmaydi, deb yozmoqda Politico nashri.

Maqola muallifi Mettyu Karnichnigning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda biron bir yuqori lavozimli yevropalik siyosatchining Tramp g‘alabasi xususida xavotir bildirmagan kunni eslash mumkin emas. 

"Shunga qaramay, ayrim doiralarda “Tramp” buluti ortida mitti umid uchqunlarini ko‘rishmoqda, — deya qayd etgan Karnichnig. — Albatta, bironta ham yevropalik siyosatchi buni oshkora tan olmaydi, ammo ularning ba'zilari Trampni, Yevropaning Amerika ta'siridan qutilishi uchun ahyon-ahyonda paydo bo‘ladigan imkoniyatlardan biri sifatida ko‘rishmoqda".

Yevropada bir necha o‘n yillar mobaynida o‘ng va so‘l kayfiyatdagilar Vashingtonni tanqid qilib keldi. 

"Aslida, Amerika ta'sirining salbiy tomoni Yevropa siyosatchilarini birlashishga majbur qilayotgan ayrim jihatlar xolos…" — deydi Karnichnig.

U, o‘z fikrini isboti sifatida, Trampni yashirincha qo‘llashga sabab bo‘layotgan beshta omilni keltiradi. 

Birinchidan, yevropaliklar mana bir necha oydirki, na u yoqli va na bu yoqli bo‘lmagan  AQSh-YeI o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi Transatlantika savdo va investitsiya kelishuvidan norozi. 

Bitimni yoqlamayotganlar uni Amerika kompaniyalarining Yevropadagi ta'sirini kuchaytirishga qaratilgan "troya oti" deb baholashmoqda. Tramp, o‘z navbatida, bu kabi savdo kelishuvlari birinchi galda amerikalik ishchilarga zarar keltiradi, deb hisoblaydi. 

Ikkinchidan, Tramp NATOga qarshi qarashlarini oshkora bildirmoqda. Yevropa siyosatchilari esa, YeIning o‘z armiyasi bo‘lishi tarafdori. Amerikalik milliarder hech qachon, Yevropa, mudofaa masalalarida AQShga suyanib qolganidan noroziligini yashirib o‘tirmagan. 

Ammo, Yevropada uni Oliy bosh qo‘mondon sifatida ko‘rishni xohlaganlar soni ham ko‘pchilikni tashkil etmasa kerak, deyiladi maqolada. Shunday ekan, agar milliarder g‘alaba qozongudek bo‘lsa, YeI armiyasi tarafdorlari o‘z g‘oyalarini jiddu-jahd bilan ilgari sura boshlashadi. 

Uchinchi sabab — AQShning hech kimni qoldirmay ommaviy ravishda kuzatish dasturidir. Edvard Snouden ma'lumotlari AQSh Milliy xavfsizlik agentligidan hech kim, hatto Angela Merkel ham qutilib qola olmasligini isbotlaydi. Endilikda, ko‘pgina yevropaliklar Vashington ularning suhbatini eshitishiga ishonchi komil. 

Hozirda, YeI va AQSh razvedka sohasida hamkorlik qiladi, ammo Trampning g‘alabasi bunga chek qo‘yishi mumkin, deb hisoblaydi maqola muallifi. 

To‘rtinchidan, Uoll-strit banklarining Yevropaga ta'siri, ushbu qit'a aholisi tomonidan o‘ziga xos "ta'sir o‘tkazish usuli" sifatida baholanmoqda. 

Karnichnig o‘z fikriga Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunkerni misol tariqasida keltirgan. Yunker, Yevrokomissiyaning o‘zidan avvalgi rahbari Joze Manuel Barrozuning jahon iqtisodiy inqiroziga sabab bo‘lgan banklardan biri Goldman Sachs moliya muassasasiga ishga joylashganini keskin tanqid qilgan edi. 

Trampning prezident sifatida saylanishi esa, Amerika banklarining YeIga ta'sirini cheklash borasida ajoyib imkoniyatdir. 

Muallifga ko‘ra, yevropaliklarni harakatlantiruvchi "eng kuchli jihati" va beshinchi sabab, ularning “yomonlik tilashidir”. 

Karnichnig nimani nazarda tutayotganini izohlab: yevropaliklar hech qachon AQShning ustunliklari borasidagi Vashington iddaolariga munosib javob qaytarmaganini yodga oladi. Ammo, Trampning g‘alabasi, AQShda ham o‘ziga yetarli muammolar keragidan ortiqligini ko‘rsatadi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: