Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tayinlandi

O‘zbekiston 12:44 / 22.09.2016 57381

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tayinlandi. Shahar hokimligi saytida berilgan axborotga ko‘ra, tuman hokimi lavozimini Sherzod Kudbiyev egallagan.

Sherzod Kudbiyev Davlyatovich 1981 yili Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 1995-2002 yillarda Farg‘ona politexnika institutida tahsil olgan. U shu oliygohda 2002 yildan 2007 yilgacha assistent, katta o‘qituvchi sifatida ishlagan.

2007-2010 yillarda O‘zbekiston Mehnat vazirligi tuzilmalarida mutaxassis, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 2010-2012 yillarda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tuzilmalarida mutaxassis sifatida mehnat qilgan.

2012-2015 yillarda Sherzod Kudbiyev Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markaziga direktorlik qilgan. Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi etib tayinlanguniga qadar, Kudbiyev Vazirlar Mahkamasida departament mudiri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 18 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Ahmedov lavozimidan ozod etilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: