Shavkat Mirziyoyev yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

O‘zbekiston 11:03 / 21.09.2016 14628

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunni (1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan) imzoladi.

Qonun loyihasi shu yilning 24 avgustida Senat tomonidan ma'qullangan. Qonunchilik palatasi uni 21 iyul sanasida muhokamaga qo‘ygandi.

Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu qonunga muvofiqlashtirishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, davlat boshqaruvi organlari mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishi va bekor qilishi ta'minlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: