Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi pasaydi

Iqtisodiyot 12:40 / 21.09.2016 27949

2016 yilning birinchi yarmida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi kamaygan. Rossiya Markaziy banki ma'lumotlarida keltirilishicha, shu yilning yanvar oyidan iyul oyiga qadar O‘zbekistonga 952 mln dollar jo‘natilgan. Taqqoslash uchun o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich - 1,149 mlrd dollarni tashkil etgandi.

Ma'lum bo‘lishicha, Rossiyadan Markaziy Osiyo davlatlariga pul o‘tkazmalari hajmi 2016 yilning ikkinchi choragida birinchi chorakdagiga nisbatan 563 mln dollar ko‘proq bo‘lib, 2,438 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Joriy yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonga 696 mln dollar jo‘natilgan, bunda bir jo‘natmada o‘rtacha 273 dollar jo‘natilgan. Tojikistonga 495 mln dollar (o‘rtacha — 99 dollar), Qirg‘izistonga — 487 mln dollar (o‘rtacha — 233 dollar), Qozog‘istonga — 151 mln dollar (o‘rtacha — 225 dollar), Turkmanistonga — 3 mln dollar (o‘rtacha — 392 dollar) jo‘natilgan.

Yanvar oyidan iyunga qadar esa O‘zbekistonga 952 mln dollar (o‘tgan yilning shu davrida — 1,149 mlrd), Tojikistonga — 598 mln dollar (o‘tgan yilning shu davrida — 696 mln), Qirg‘izistonga — 637 mln dollar (o‘tgan yilning shu davrida — 570 mln), Qozog‘istonga — 203 mln dollar (o‘tgan yilning shu davrida — 148 mln), Turkmanistonga — 5 mln dollar (o‘tgan yilning shu davrida — 8 mln) jo‘natilgan.

Ushbu ma'lumotlar Anelik, BLIZKO, Coinstar Money Transfer, Contact, InterExpress, Migom, MoneyGram, PrivatMoney, UNIStream, Western Union, «AziyaEkspress», «ALLYuR», «Blits», «Bystraya Pochta», «Zolotaya Korona», «Lider» va «Pochta Rossii» tizimlarini qamrab oladi.

Ko‘proq yangiliklar: