Muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga avtorikshada yetib bordi

Jamiyat 11:45 / 21.09.2016 5130

Kelib chiqishi hind bo‘lgan avstraliyalik muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga quyosh batareyasida harakatlanuvchi avtorikshada yetib bordi, deb yozmoqda Indiatimes portali.

Navin Rabelli 10 ming kilometrlar masofani ortda qoldirish uchun 7 oy sayohat qilgan. U, fevral oyida yo‘lga chiqib, Turkiya, Bolgariya, Serbiya, Avstriya, Shveytsariya, Germaniya va Fransiyani ortda qoldirib, Birlashgan Qirollikka yetib kelgan. Parij yaqinida Rabellining pasporti va hamyonini o‘g‘irlashgan bo‘lsa-da, u sayohatini davom ettira olgan. 

Rabellining aytishicha, u elektr va quyosh batareyalarida yuradigan mashinalarning keng imkoniyatlariga e'tibor qaratish maqsadida shunday yo‘l tutgan. 

Ko‘proq yangiliklar: