Liga Kubogi. «Arsenal» va «Liverpul»da yirik g‘alaba, «Lester» musobaqani tark etdi

Sport 09:59 / 21.09.2016 5089

Angliya ligasi kubogining 3-bosqichida«Arsenal» «Nottingem Forest» bilan o‘ynadi. «Kanonirlar» safarda 4:0 hisobidagi g‘alabani qayd etishdi. 

Lukas Peres dubl muallifi bo‘ldi. Yana bittadan gol Granit Chaka va Aleks Oksleyd-Chemberlen hisobiga yozildi. «Arsenal»ning sobiq futbolchisi Niklas Bendtner 80 daqiqa maydonda bo‘ldi va bitta sariq kartochka oldi. 

Yana bir o‘yinda «Everton» o‘z uyida «Norvich Siti»ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mezbonlarning gollariga Stiven Neysmit hamda Josh Myorfi mualliflik qilgan. 

«Arsenal» va «Norvich» turnirning keyingi bosqichidagi raqiblarini qur'a orqali bilib oladi. 

«Liverpul» «Prayd Park»da «Derbi Kaunti»dan ustun keldi — 3:0. Mersisaydliklar tarkibida gollarga  Ragnar Klavan, Filippe Koutino va Divok Origi mualliflik qildi.

«Lester» o‘z maydonida «Chelsi» klubini qabul qildi va qo‘shimcha vaqtdan so‘ng imkoniyatni boy berdi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar Okazaki tomonidan urilgan gollar evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Biroq «Chelsi» ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtira oldi. «Lester» futbolchisi maydondan chetlatilgach, londonliklar yaqqol ustunlikka ega bo‘lib, qo‘shimcha vaqtlarda Fabregasning dubli evaziga g‘alabani ilib ketishdi.

Bugun «MYu» «Nortxempton» bilan,  «Manchester Siti» esa «Suonsi» bilan o‘ynaydi.

Nottingem Forest – Arsenal 0:4
Gollar: 0:1 – 23 Chaka, 0:2 – 60, penalti Peres, 0:3 – 71 Peres, 0:4 – 90 Oksleyd-Chemberlen. 
Nottingem Forest – Stoykovich, Millz, Mansenn, Lixay, Ildebertu, Koen, Lensberi, Kasami (Karayol, 68), Osborn, Bendtner (Vellios, 80), Dumitru (Lika, 81).
Arsenal – Martines, Gibbs, Gabriel, Xolding, Ren-Adeled (Zelalem, 83), Meytlend-Naylz (Belik, 87), Chaka, Oksleyd-Chemberlen, El-Nenni, Peres, Akpom (Uillok, 83).
Ogohlantirishlar: Bendtner (16), Xolding (37), Lensberi (67), Koen (75).

Derbi Kaunti – Liverpul 0:3
Gollar: 0:1 – 24 Klavan, 0:2 – 50 Koutino, 0:3 – 54 Origi. 
Derbi Kaunti – Mitchell, Kio, Olsson (Lou, 64), Kristi, Pirs, Djonson, Beyrd (Ins, 46), Xyuz, Batterfild, Vaymann (Elshnik, 55), Bent.
Liverpul – Karius, Matip, Moreno, Klayn, Klavan, Leyva, Koutino (Ingz, 63), Gruyich, Xenderson (Djan, 57), Firmino (Edjaria, 78), Origi.
Ogohlantirishlar: Moreno (45), Gruyich (76), Jonson (77), Xyuz (80).

Lester – Chelsi 2:4 (qo‘shimcha vaqtdan so‘ng) 
Gollar: Okadzaki (17, 34) – Keyxill (45), Aspilikueta (49), Fabregas (92, 94)
Lester – Tsiler, Morgan, Chiluell, Simpson, Vasilevski, Grey (Amarti, 90), King, Drinkuoter, Shlupp, Okadzaki (Uloa, 75), Musa (Vardi, 76).
Chelsi – Begovich, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Matich, Fabregas, Loftus-Chik (Diyego Kosta, 67), Mozes, Pedro (Azar, 89), Batshuayi (Chaloba, 80).
Ogohlantirishlar: Vasilevski (52), Matich (83), Drinkuoter (87), Chiluell (103), David Luiz (109).
Chetlatish: Vasilevski (89).

Everton – Norvich 0:2
Gollar: 0:1 – 41 Neysmit, 0:2 – 74 Merfi.
Everton – Stekelenburg, Uilyams, Xolgeyt (Kone, 83), Koulmen, Funes Mori, Barkli, Lennon (Bolazi, 68), Kleverli, Guyye, Deulofeu (Miralyas, 68), Valensiya.
Norvich – Raddi, Bennett, Bassong, Uittaker, Pritchard (Terner, 89), Mulumbu (Godfri, 90), Breydi, Tompson, Merfi, Neysmit, Oliveyra (Laferti, 46).
Ogohlantirishlar: Mulumbu (50), Raddi (57), Laferti (86).

Nyukasl – Vulverxempton 2:0
Gollar: 1:0 – 29 Ritchi, 2:0 – 31 Guffran. 
Nyukasl – Darlou, Xenli, Lazaar, Yyedlin, Klark, Shelvi, Kolbek, Diame (Peres, 72), Ritchi (Lassels, 86), Guffran (Atsu, 75), Merfi.
Vulverxempton – Lonergan, Xoz, Silviu, Bortuik-Djyekson, Iorfa, Sevill, Joau Teysheyra (Djon, 46), Koudi, Uolles (Bedvarsson, 78), Meyson (Prays, 63), Gladon.
Ogohlantirishlar: Guffran (64), Sevill (81), Peres (90).

Brayton – Reding 1:2
Gollar: 0:1 – 32 Kuinn, 0:2 – 54 Svift, 1:2 – 85 Xemed. 
Brayton – Myayenpyaya, Xyunemayyer, Pokonoli (Skalak, 69), Xant, Goldson, Siduell, Ins (Xemed, 62), Norvud, Manu (Merfi, 73), Boldok, Myurrey.
Reding – Yaakkola, Blekkett, Mur (Ganter, 61), Uotson, Obita, Kelli, Svift (Evans, 76), Kuinn, Xerriott, Mendes, Semyuel (Gravenberx, 43).
Ogohlantirishlar: Svift (61), Siduell (79), Norvud (87), Skalak (90).
Chetlatish: Blekkett (42).

Lids – Blekbern 1:0
Gol: 1:0 – 85 Vud. 
Lids – Silvestri, Bartli, Teylor, Koyl, Kuper, Ronaldo Viyeyra (Ernandes, 59), Fillips, Ruf, O`Keyn, Mouett (Graymz, 83), Antonsson (Vud, 71).
Blekbern – Rayya, Lou, Uorton (Nyambe, 8), Xendri, Fini, Birn, Akpan, Lenixan, Bennett, Gallaxer (Emnes, 62), Samuelsen (Mexoni, 62).
Ogohlantirishlar: Akpan (11), Fillips (29), Lenixan (79), Emnes (90).

Bornmut – Preston 2:3 (0:1, 2:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 10 Makenok, 1:1 – 53, penalti Grebben, 2:1 – 76 Gosling, 2:2 – 85 Makenok, 2:3 – 111 Makenok.
Bornmut – Federichi, Uilson (Musse, 46), Smit, Ake, Mingz (Jordan, 105), Kuk, Gradel, Gosling, Freyzer (Xayndmen, 89), Afobe, Grebben.
Preston – Maksvell, Rayt, Kanningem (Klark, 67), Xantington, Devis, Uelsh, Pirson, Pringl, Xamfri (Robinson, 102), Jonson (Doyl, 76), Makenok.
Ogohlantirishlar: Uilson (15), Devis (30), Pringl (58), Pirson (109).

Ko‘proq yangiliklar: